Litva AQSh harbiylarini mamlakat hududida doimiy joylashtirishdan manfaatdor va bu bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga tayyor. Bu haqda bosh vazir Mindaugas Sinkyavichyus ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala sentyabr oyida Vilnyusga tashrif buyurgan AQShning Belarus bo‘yicha maxsus vakili Jon Koul bilan muhokama qilingan.
Ayni paytda amerikalik harbiylar Litvada rotasiya asosida xizmat qilmoqda. Oktyabr oxirida mamlakatga navbatdagi rotasiya doirasida ikki batalyon, jami 1 mingga yaqin harbiy kelishi kutilmoqda. Ular orasida Abrams tanklari ham bo‘ladi.
AQSh 2019 yildan beri Litvada harbiylarini rotasiya asosida joylashtirib keladi. Avvalroq Vilnyus mamlakatda 1,5 ming nafargacha amerikalik harbiyni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.