Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Lazerli epilyasiya to‘g‘risida 5 ta afsona

A A A
Lazerli epilyasiya to‘g‘risida 5 ta afsona

Qimmat, og‘riqli, samarasiz... Siz hali ham mana shu sabablar tufayli lazerli epilyasiyadan voz kechyapsizmi? Ideal darajada silliq va mayin teriga og‘riqsiz va noqulayliklarsiz erishib bo‘lmaydi deb o‘ylaysizmi? Keling, bu xato tasavvurlardan birgalikda voz kechamiz! Toshkentdagi “Beauty Lab” go‘zallik studiyasi asoschisi Madina lazerli epilyasiya to‘g‘risidagi eng keng tarqalgan afsonalarni puchga chiqaradi.
 

1-afsona: lazerli terapiya bu – og‘riqli
Qizlarning aksar qismi lazerli epilyasiyadan aynan og‘riqli ekani tufayli voz kechadi va shu sababli studiyamizda bosh sehrgar – aleksandritli MOTUS AX Moveo lazeri mavjud. Ushbu lazer sizni nomaqbul tuklardan xalos etib, terini uzoq vaqtga silliq qilibgina qolmay, muolajani mutlaqo og‘riqsiz o‘tkazadi.

Lazerli epilyasiya to‘g‘risida 5 ta afsona
MOTUS AX Moveo follikulalarga saralama ta’sir ko‘rsatadi, ish jarayonida teri qoplamiga shikast yetkazmaydi. Ko‘k yoqutli poynagiga o‘rnatilgan sovutish tizimi har qanday og‘riqli hislarni va boshqa epilyasiya apparatlari uchun xarakterli noxush asoratlarni istisno qiladi. Muolaja vaqtida og‘riqni qoldiruvchi preparatlardan foydalanishga ehtiyoj yo‘q: ta’siri mutlaqo noqulaylik tug‘dirmaydi. To‘liq tin olish mumkin. Moveo epilyasiyasi anchayin tez bo‘ladi.

2-afsona: lazerli terapiya jarohatga sabab bo‘ladi
Moveo lazeri eng nozik va ta’sirchan joylar: qo‘ltiq osti va chuqur bikini, yuzdagi tuklarni ketkazishga qodir. Moveo texnologiyasi – bu teringizni avaylab parvarishlashdir. Barcha noxush asoratlar mutlaqo istisno qilingan. Kuyishlar, ko‘karishlar, qichish va qizarishlar, og‘riq va boshqa odatiy muammolar umuman uchramasligi kafolatlanadi.

Lazerli epilyasiya to‘g‘risida 5 ta afsona

3-afsona: natijani faqat muolajalar kursi tugaganidan keyin ko‘rish mumkin
Bir-ikki seansdan keyinoq sezilarli natija kuzatiladi: tuklar ancha kamayadi, o‘sishi sekinlashadi. Bunda keyingi muolajalardan voz kechish tavsiya etilmaydi, nomaqbul tuklardan bir umrga qutulish uchun kursni to‘liq o‘tgan ma’qul.
Lazerimiz ishlab chiqaruvchisi barcha tavsiyalarga rioya etilganda tuklardan butunlay qutulishni kafolatlaydi, faqat natijani mustahkamlash uchun yarim yil-bir yilda bitta seans o‘tkazib turish kerak bo‘ladi.

Lazerli epilyasiya to‘g‘risida 5 ta afsona

4-afsona: lazerli epilyasiya faqat muayyan fototipdagi qizlargagina to‘g‘ri keladi
Yangi avlod MOTUS AX Moveo lazeriga asoslangan epilyasiya muolajamiz barcha fototiplarga mansub, jumladan qoramag‘iz qizlarga ham to‘g‘ri keladi. Ayniqsa muhim jihati – quyoshda toblanish taqiqlanmaydi! Agar oldinlari yilning sovuq mavsumida tuklardan qutulishga ulgurmaganlar terining silliqligi va plyajda dam olishdan birini tanlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endi tuklarni bevosita ta’tildan keyin ham ketkazish, seanslar oralig‘ida esa bemalol quyoshda toblanish mumkin.

5-afsona: lazerli epilyasiya – qimmat 
Agar depilyasiya –tuk follikulalarini buzmay tuklarni vaqtinchalik ketkazish muolajasidan foydalanadigan bo‘lsangiz, o‘rtacha hisobda, sinalgan go‘zallik salonida bu muolaja lazerli epilyasiya seansi bilan qariyb baravar turadi. Bunda vaksing yoki shugaringga siz har yili qatnashingizga to‘g‘ri keladi, lazerli epilyasiyaga esa, muaolajalar kursi tamomlanganidan keyin, samarani ushlab turish uchun yilda bir marta borish kifoya.
Muvaffaqiyatsiz epilyasiyadan keyin bizga murojaat qiladigan qizlar kam emas, ular muolajalarning og‘riqli ekani, teri qoplamalarining shikastlanishidan shikoyat qiladilar. Shu sababli biz barcha qizlarga epilyasiya muolajalari uchun faqat sinovdan o‘tgan jihozlarni tanlashni tavsiya qilamiz, shunda nafaqat terining silliqligi, balki salomatligi ham ta’minlanadi. 

Kiritildi: 18:38 17.02.2021. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik