Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Manilada ASEAN tadbirlari doirasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi:
▪️Rossiya Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni davom ettirishga qarshi ekanini bildirdi.
▪️Moskva Ukrainadagi mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
▪️Rossiya AQShning Alyaskada ilgari surgan takliflarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
▪️Tomonlar Rossiya va AQSh diplomatik vakolatxonalari faoliyatini me’yorlashtirish masalasini muhokama qildi.
▪️Uchrashuvda Fors ko‘rfazidagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi.
▪️Lavrov va Rubio parlamentlararo hamkorlik, madaniy aloqalar hamda "Roskosmos" va NASA o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish tarafdori ekanini bildirdi.