Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Laportaning orzusi: "Messi va Ronaldu «Barsa»da birga o‘ynashlarini xohlayman!" U amalga oshadimi?

Laportaning orzusi: "Messi va Ronaldu «Barsa»da birga o‘ynashlarini xohlayman!" U amalga oshadimi?

«Barselona» prezidenti Joan Laporta avvalroq «Real»da o‘ynagan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni jamoasiga taklif etishni xohlaydi.

AS'ning yozishicha, Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgan menejer portugaliyalik futbolchini «Barsa»ga taklif qilishni o‘ylagan. Laporta ikki yulduzning Kataloniya klubida birga o‘ynashlarini xohlaydi.

Kataloniya klubi 36 yoshli hujumchi uchun «Yuventus»ga ikki futbolchisini taklif qilmoqchi. Bu borada Antuan Grizmann, Serji Roberto va Filippe Koutinyo variantlari aytilmoqda.

«Barsa» rahbariyatining fikriga ko‘ra, Ronaldu va Messi birgalikda o‘ynash orqali katta daromad olishadi.

Kiritildi: 15:18 22.06.2021. O'qildi: 2585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!