Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Lada Xray Cross’ning narxlari ma’lum bo‘ldi

Lada Xray Cross’ning narxlari ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi Lada Xray Cross avtomobilini uchta komplektasiyada taklif qiladi. Ularning narxi 729,9 ming rubldan (11068 dollar) boshlanadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.Lada Xray Cross 122 ot kuchiga ega 1,8 litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlanadi va mexanik tezlik uzatish qutisiga ega bo‘ladi. Mashina uch xil komplektasiyada — Classic, Comfort va Luxe ishlab chiqariladi. Classic komplektasiyadagi avtomobilning boshlang‘ich narxi 729,9 ming rubldan boshlanadi.

Avtomobil ikkita xavfsizlik yostiqchasi, himoya signalizasiyasi, ERA-GLONASS favqulodda ogohlantirish tizimi, orqa g‘ildiraklarning disk tormozi, mustahkamlik nazorati va balandlikka ko‘tarilishda yordamchi, harakatlanish vaqtida ishlaydigan LED yoritgichlar, yengil qoraytirilgan oyna, old oyanalarni elektr ko‘targichi, 17 dyuymli diskalar bilan jihozlanadi.

Yangi avtomobilning savdosini 2018 yilning oxirigacha boshlash rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:45 16.10.2018. O'qildi: 4652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!