Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

KXDRda suvga tushirish marosimi chog‘ida 5 ming tonnalik esmines “jiddiy avariyaga” uchradi

KXDRda suvga tushirish marosimi chog‘ida 5 ming tonnalik esmines “jiddiy avariyaga” uchradi

Kema suvga tushirilish marosimi vaqtida muvozanatni yo‘qotib, korpusi shikastlangan, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In marosimda ishtirok etayotgan bo‘lgan va yuz bergan hodisani "beparvolik, mas’uliyasizlik va ilmga asoslanmagan yondashuv natijasida sodir bo‘lgan jinoyat" deb atagan.

"Mazkur kemani qurish va suvga tushirish uchun mas’ul bo‘lgan amaldorlarning xatolari iyun oyida bo‘lib o‘tadigan KXDR Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi plenumida ko‘rib chiqiladi", — deya ta’kidlagan Shimoliy Koreya yetakchisi.

"Kim Chen In, shuningdek, esminesni partiya qurultoyigacha tezroq ta’mirlashni buyurgan. Hodisa natijasida kimdir jarohat olganmi yo‘qmi hozircha noma’lum", deb yozmoqda Yonhap.

Janubiy Koreya va AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar esminesni suvga yon tomondan tushirishga uringan. 38 North nashriga ko‘ra, KXDRda bunday usul ilgari qo‘llanilmagan.

Kiritildi: 14:56 22.05.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!