Agentlikning xabar berishicha, Comex qimmatbaho metallar birjasida mart oyi uchun kumush fyucherslari narxi 1,94 foizga oshib, eng yuqori nuqtada bir unsiyasi (31,1 gramm) uchun $62,03 ga yetgan.
"Yil boshidan beri kumush narxi 100 foizdan ko‘proqqa oshgan. Kumushga bo‘lgan talabning o‘sishi bozordagi taklif taqchilligi va AQSh Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosatini yanada yumshatishi haqidagi kutilmalar bilan izohlanmoqda. Qimmatbaho metallar odatda past foiz stavkalari sharoitida o‘sishga moyil bo‘ladi", deya yozadi Bloomberg.