Novosibirsk sudi Ilya Pogiblovni o‘z joniga qasd qilishga undash va voyaga yetmaganlarni jinoyatga jalb etish faoliyatini tashkil etgani uchun aybdor deb topdi.
U o‘z aybini to‘liq tan olgan. Sud ma’lumotiga ko‘ra, u "Ko‘k kit" kanalini boshqalarning o‘limiga bo‘lgan patologik qiziqishi tufayli yaratgan.
“Ko‘k kit” – 2010 yillar oxirida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan xavfli guruh bo‘lib, u yoshlarni o‘ziga jalb qilib, turli “topshiriqlar” orqali suiqasdga yetaklagan. Guruh butun dunyoda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bir necha qurbonliklarga olib kelgan edi.