Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Kubilyus: Yevropa mudofaa masalasida hali “uxlab yotgan gigant”

Kubilyus: Yevropa mudofaa masalasida hali “uxlab yotgan gigant”

Evropa Ittifoqi mudofaa sohasida iqtisodiy va siyosiy qudratiga teng salohiyatga ega, ammo hozircha “uxlab yotgan gigant” hisoblanadi. Bu haqda YEIning mudofaa bo‘yicha komissari Andryus Kubilyus ma’lum qildi.

Uning aytishicha, AQSh o‘z strategik ustuvorliklarini boshqa mintaqalarga qaratmoqda va Yevropa qit’asidagi harbiy ishtirokini qisqartiradi. Shu bois Yevropa Ittifoqi qisqa muddatda o‘z mudofaa mustaqilligini ta’minlashi kerak.

Kubilyus YEI mamlakatlarini NATO doirasida umumevropacha mudofaa salohiyatini shakllantirishga, shu jumladan Ukraina bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. U, shuningdek, strategik transport, havoda yoqilg‘i quyish, raketaga qarshi mudofaa va kosmik razvedka kabi sohalarda AQShga bog‘liqlikni kamaytirish zarurligini ta’kidladi.

Komissar Yevropeyskiy xavfsizlik kengashini tashkil etish g‘oyasini yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 20:40 28.01.2026. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!