Dushanba kuni Kuba sharqidagi Olgin provinsiyasida joylashgan o‘q-dorilar omborlaridan biri hududida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kamida 1,2 ming kishi atrofdagi hududlardan evakuasiya qilindi”, deyiladi Kuba inqilobiy qurolli kuchlari bayonotida.
Hozirda Kuba Inqilobiy qurolli kuchlari vazirligi voqea sabablarini tekshirmoqda.