Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kubada yil boshidan beri 6-marta blekaut yuz berdi

Kubada yil boshidan beri 6-marta blekaut yuz berdi

Kubada elektr tarmog‘i yana to‘liq uzildi, orol bo‘ylab millionlab odamlar elektrsiz qoldi. Joriy yilning yanvar oyidan buyon mamlakatda elektr tarmog‘ining to‘liq yoki qisman ishdan chiqishi kamida olti marta kuzatildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Kuba energetika va konlar vazirligi elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha protokollar ishga tushirilganini ma’lum qilgan. Kuba Milliy elektr ittifoqi vakili Feliks Estrada ham tizimni bosqichma-bosqich tiklash ishlari boshlanganini bildirgan.

Kubaning eskirgan elektr ishlab chiqarish tizimi yillar davomida yonilg‘i tanqisligi va infratuzilmaning yaroqsizligi sabab jiddiy bosim ostida qolib kelmoqda.

AQShning yanvar oyida Kubaga nisbatan joriy qilgan energetika cheklovlari esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Mazkur cheklovlar Kuba issiqlik elektr stansiyalarini ishlatish uchun zarur yonilg‘i hamda eskirgan infratuzilmani ta’mirlash uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlarni import qilishini qiyinlashtirgan. Shundan buyon Kubaga faqat bir marta yonilg‘i tashuvchi tanker yetib kelgan.

Kiritildi: 14:53 19.09.2026. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!