Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu mavsumning eng muhim o‘yini oldidan bayonot berdi

Krishtianu Ronaldu mavsumning eng muhim o‘yini oldidan bayonot berdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Damak"ga qarshi uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

“Bitta o‘yin!” — deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida. Shuningdek, u postga “duo qilayotgan qo‘llar” va “biseps” emodzilarini ham qo‘shgan.

Agar "An-Nasr" “Damak” ustidan g‘alaba qozonsa, jamoa chempionlikni rasman qo‘lga kiritadi.

Agar uchrashuv durang bilan yakunlansa, barchasi "Al-Hilol" — "Al-Fayha" bahsi natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda 81 ochkoga ega “Al-Hilol” g‘alaba qozonsa va ochkolar soni bo‘yicha “An-Nasr”ga yetib olsa, o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik sabab chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!