Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
Asosiy tezislar:
Putin va Tramp bir-birini yaxshi tushunadi va ishonadi.
Davlatlar rahbarlari asta-sekin Rossiya-Amerika munosabatlarini normallashtirish yo‘lidan borish niyatida.
Prezidentlarning kuchli irodasi Rossiya va AQSh munosabatlarni tiklash yo‘lidan borishining eng yaxshi kafolatidir.
Putin va Tramp aynan energetika infratuzilmasi ob’ektlariga qarata o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish haqida kelishib olishdi.
Rossiya rahbari ochiq va AQSh Prezidenti bilan muloqot qilishdan manfaatdor, Moskva Tramp tomonidan ham shu munosabatni ko‘ryapti.
Suhbat davomida Ukrainada hokimiyatni saylov orqali o‘zgartirish haqida gap ketmadi.
Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish zarurligi mavzusi ko‘tarildi.
Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatish Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar kun tartibida asosiy o‘rinni egallaydi, ammo mavzu ochiq muhokama qilinmaydi.
Putin va Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatida Rossiya va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘tarilmadi.
Oq uyning avvalgi ma’muriyatining nodo‘stona harakatlaridan keyin Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun vaqt va kuch kerak bo‘ladi.
Bugun va ertaga Rossiya va AQShning navbatdagi muloqotlari sanalari, shuningdek, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun delegasiyalar tarkibi kelishib olinadi.
Moskva va Vashington o‘rtasidagi bu muzokaralar boy kun tartibiga ega bo‘ladi.
Seshanba kuni kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Trampning taxminan ikki soat davom etgan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Putin boshqa masalalar qatorida mojaroga kirishgan tomonlarning 30 kun davomida energetika infratuzilmasi ob’ektlariga hujum qilishdan o‘zaro tiyilish g‘oyasiga ijobiy javob berdi va harbiylarga tegishli buyruq berdi, deb xabar beradi ria.ru.
Oq uyda ta’kidlanganidek, ikki davlat rahbarlari Yaqin Sharqda “Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va doimiy tinchlik” rejimini joriy qilish uchun “darhol” texnik muzokaralarni boshlashga kelishib olishdi.