Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kreml Putin va Bushning raqsga tushishi videosini e’lon qildi

Kreml Putin va Bushning raqsga tushishi videosini e’lon qildi

Rossiya prezidenti matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putinningq amerikalik sobiq hamkasbi Kichik Jorj Bush bilan “Sudarinya-barinya” qo‘shig‘iga raqsga tushayotganlari tasvirlangan arxiv videoni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu video ikki yetakchining 2008 yil apreldagi uchrashuvida suratga olingan. Bu AQShning 43-prezidentining Rossiyaga oxirgi tashrifi bo‘lgan. O‘sha yilning noyabrida Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylangandi.   

Videoda Putin sahnada xorovod bilan, Bush esa pastda raqqosalardan biri bilan raqsga tushayotgani tasvirlangan.

Ushbu rolik Putinning Rossiya prezidenti va bosh vazir lavozimlaridagi faoliyatining 20 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida e’lon qilindi. 

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:20 14.01.2020. O'qildi: 2903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!