Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Kreml: Eskalasiya Ukrainada tinchlikka olib kelmaydi

Kreml: Eskalasiya Ukrainada tinchlikka olib kelmaydi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh ma’muriyatining harbiy bosimni kuchaytirish Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga yordam berishi haqidagi qarashlarini tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Anqarada yangragan bayonotlarni AQShning eskalasiya yo‘liga qaytgani sifatida baholamaydi.

«Biz Oq uy ma’muriyatida eskalasiya va harbiy bosim orqali tinchlikka erishish mumkin, degan noto‘g‘ri tasavvurlar mavjudligini ko‘ryapmiz. Bu xato yondashuv», — dedi Peskov.

Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avvalgi bayonotlarini eslab, Kiyev Rossiya infratuzilma ob’ektlariga qanchalik ko‘p zarba bersa, Moskva «xavfsizlik hududi»ni shunchalik kengaytirishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:41 09.07.2026. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!