Kreml 7–8 iyul kunlari Anqarada o‘tayotgan NATO sammiti jarayoni va uning yakunlarini diqqat bilan kuzatib borishini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva sammitdan kelib tushadigan barcha ma’lumotlarni diqqat bilan tahlil qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida Rossiya haqida bir qator bayonotlar yangragan bo‘lib, Kreml ularni «konfrontasion xarakterga ega» deb hisoblaydi.
«Afsuski, bu konstruktiv hamkorlik va muloqot haqidagi bayonotlar emas, balki ko‘proq qarama-qarshilik ruhidagi bayonotlar bo‘ldi», — dedi Peskov.
Anqaradagi NATO sammiti Alyans davlatlarining mudofaa xarajatlarini oshirish, Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam hamda NATOning mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilinayotgan bir paytda o‘tmoqda.
Shu bilan birga, Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin avval ham bir necha bor ta’kidlaganidek, konstruktiv hamkorlik uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda Rossiya muloqot uchun ochiqligicha qolayotganini bildirdi.