Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kraxmal importiga chek qo‘yilib, makkajo‘xoridan yog‘ olinadi

A A A
Kraxmal importiga chek qo‘yilib, makkajo‘xoridan yog‘ olinadi
Toshkent shahri, Chilonzor tumanida “Oloy Gulzor Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida “Golden Corn” Toshkent kraxmal-patoka zavodi ishga tushdi.
 
O‘rtacha yillik quvvati 9,6 million dollar miqdorida kraxmal kukuni, patoka, maltoza va maltodekstirin ishlab chiqaruvchi bu zavod Markaziy Osiyoda yagona zavod bo‘lib, makkajo‘xori donidan foydalanadi. Qayd etish joizki, hozirga qadar kraxmal kukuni Rossiya va Qozog‘istondan import bo‘lib kelardi.
 
Mazkur zavodning kunlik quvvati 80 tonna xomashyodan o‘n xildagi mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Zavodda asosiy mahsulotdan tashqari chorvachilik, tovuqchilik va baliqchilik uchun omixta yem va bioqo‘shimcha mahsulotlar, yog‘-moy kombinatlari uchun ikkilamchi xomashyo turi – jerm ishlab chiqariladi.
 
– Misol uchun, 50 tonna jo‘xori qayta ishlansa, undan35 tonna kraxmal, 3,5 tonna yog‘, 2,5 tonna glyuten, 5,5 tonna chorva uchun ozuqa ishlab chiqariladi, – deydi zavod direktori Shamsiddin Shukurov.- Mahsulotlar oziq-ovqat, yengil sanoat, qandolatchilik, chorvachilik kabi sohalarida ishlatiladi. Makkajo‘xori xomashyosi kamroq bo‘lganda, guruchdan foydalanamiz. Hozircha Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan fermerlardan jo‘xorilar xarid qilinmoqda. Kelgusi mavsumda yurtimizdagi barcha mulkdorlarni bu borada hamkorlikka jalb etamiz.
Zavodda Xitoy va Eron texnologiyasi o‘rnatilib, xorijiy mutaxassislar ham ishga jalb etilgan. Mahsulotlar sifati jahon standartlariga to‘la javob beradi.
 
Ayni vaqtda 100 ortiq ish o‘rni yaratilgan zavodda tayyorlanayotgan raqobatbardosh mahsulotlar kelgusida ichki bozorni bemalol to‘ldiradi. Bundan tashqari eksport ham rejalashtirilmoqda. Xususan, Tojikistondagi hamkorlar bilan shartnomalar imzolangan.
 
Umumiy qiymati 4,6 million dollar mazkur loyihani amalga oshirishda “Qishloq qurilish bank” ikki million dollardan ko‘proq investisiya krediti yo‘naltirdi.
– Joriy yilning o‘tgan davrida bankimiz bir trilliondan ko‘proq investisiya kreditlari ajratdi,– deydi bank bo‘lim boshlig‘i Davron G‘oyipov.– Barcha mablag‘ mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Xususan, joriy yilning oxiriga qadar yirik ahamiyatga ega400 yaqin loyihani moliyalashtirish mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 300 ortig‘i amalga oshirildi. Mazkur zavod ham ana shunday yirik loyihalarda biri bo‘lib, import o‘rnini qoplaydigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Kraxmal – shirinliklarni asosiy xomashyosi hisoblanadi. Endi bu mahsulotlarning tannarxi avvalgisiga nisbatan qariyb to‘rt barobar arzonlashadi. Raqobatbardoshlilik esa oshadi.
 
Tijorat banklari va tadbirkorlik sub’ektlari hamkorligidan amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar aholining real daromadlarini oshirishga, raqobatbardosh mahsulotlar turini ortishiga to‘rtki beradi.
 
Zavodning ochilishida Toshkent shahar xokimi J. Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.
Manba: uza. uz
Kiritildi: 16:07 20.10.2018. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!