Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Koronavirusning davosi aspirin bo‘lishi mumkin

A A A
Koronavirusning davosi aspirin bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasidan samarali davolanishda  qonni suyultiradigan vosita sifatida aspirin sinab ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus bemorlarida trombositlarning o‘ta faolligi sababli qonda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Aspirin antitrombositar vosita hisoblanadi, u bemorlarda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

“Aspirin foydali ekanligiga asosli taxminlar bor, u bezarar, arzon va sotuvda keng tarqalgan”, – deydi tadqiqot rahbarlaridan biri Piter Xorbi.

Tadqiqot davomida 2 mingga yaqin bemor odatiy davolanish sxemasiga qo‘shimcha ravishda kuniga 150 mg aspirin oladi. So‘ngra ularning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar standart tibbiy yordam olayotgan bemorlar ma’lumotlari bilan solishtiriladi.

Kiritildi: 18:11 07.11.2020. O'qildi: 5977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik