Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusni 4 kunda davolaydigan dori topilgani rostmi?

Koronavirusni 4 kunda davolaydigan dori topilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya va Xitoyda koronavirusni davolovchi dori ixtiro qilingani, hatto, Turkiyada bu holat katta bayramga aylanib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Uni ichgan bemorlar 4 kunda tuzalib ketarkan. Xo‘sh, bu rostmi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi. Bu haqda "Qalampir" yozmoqda.

“Agar shunday imkoniyat bo‘lganda, koronavirus infeksiyasi dunyoni tahlikaga solmagan bo‘lardi. Hozir shunday katta tezlik, intensivlik bilan bu kasallik tarqalyaptiki, insoniyat unga qarshi hech qanday chora topolmayapti. Agar 4 kundja davolab yuboradigan dori topilganda edi, allaqachon bundan boxabar bo‘lardik va dunyo hamjamiyati uni jon dili bilan ishlatgan bo‘lardi”, deydi Otabekov. 

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusni yuqtirib olganlar 549 604 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 24 863 nafari vafot etdi. 127 531 nafari sog‘aygan. 

Kiritildi: 18:30 27.03.2020. O'qildi: 4951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!