Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashib emlash olsak, keyin niqob taqmay yurish mumkinmi?

Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashib emlash olsak, keyin niqob taqmay yurish mumkinmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

— Vaksina bilan emlanganingizdan so‘ng ham niqob taqib yurish kerak, sinovlarda qatnashmoqchi bo‘lganlarga ham yoki sinovlar yakunlanib, ijobiy natija chiqqanlarga ham bu talab saqlanib qoladi.

⚠️ Vaksina bilan emlangan odam organizmida immun tizim ishlashni boshlaydi, bu davrda boshqa kasalliklar yuqishini oldini olish maqsadida imkon qadar boshqa insonlar bilan muloqotda bo‘lmaslik va uyda bo‘lish talab etiladi. 

Agar ish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘lishda davom etilsa, boshqa karantin talablariga doim rioya qilish zarur.

✅ Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini tutish, sog‘lom va muqobil ovqatlanish, ko‘p suyuqlik ichish va yengil jismoniy faollik olib borishni ham davom ettirish kerak. Bu kabilar inson organizmida koronavirusga karshi immunitet hosil bo‘lishiga yordam beradi.
 

Kiritildi: 16:33 30.11.2020. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!