Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusga chalinib tuzalganlar bosh vazirni sudga berdi

Koronavirusga chalinib tuzalganlar bosh vazirni sudga berdi

Koronavirusga chalinib tuzalganlar va ularning qarindoshlari Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksni COVID-19 pandemiyasiga nisbatan muvaffaqiyatsiz siyosat olib borganlikda ayblab sudga berdi.

Da’vo arizasiga ko‘ra, bosh vazirning "falokatga qarshi qaratilgan harakatlari jamoat xavfsizligiga tahdid solgan" bo‘lishi mumkin. Ariza davlat amaldorlarining jinoyatlari bilan shug‘ullanuvchi sudga berilgan.

Da’vogarlar hukumat nega koronavirusni so‘lak namunasidan tezroq aniqlaydigan testlar o‘rniga burundan olinadigan namuna asosidagi testlarni ma’qullaganiga qiziqishgan.

Shuningdek, da’vogarlar hukumat yoz paytida aholini tashqarida ham niqob taqishga majburlagani, ammo yopiq joylarda virus tarqalishi ehtimoli yuqori bo‘lishiga qaramasdan ofislarda 1 sentyabrgacha ham niqob taqilishini talab qilmaganidan hayron bo‘lishgan. 

Kasteks aybdor deb topilgudek bo‘lsa, ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va 30 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq Kasteks hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi davom etishiga qaramay yangi umummilliy karantin joriy etishni rad qilgandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 404,8 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 31 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Kiritildi: 07:25 18.09.2020. O'qildi: 2325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!