Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusdan tuzalib chiqqan har uch kishining bittasida asab yoki ruhiy kasalliklar kuzatilishi mumkin

Koronavirusdan tuzalib chiqqan har uch kishining bittasida asab yoki ruhiy kasalliklar kuzatilishi mumkin

AQShda olib borilgan ilmiy o‘rganishlarga ko‘ra, koronavirusga chalinib, keyin undan tuzalib chiqqanlarda bir qator ruhiy kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari Lancet jurnalida e’lon qilingan.

Qo‘shma Shtatlarda koronavirusdan tuzalib chiqqan 230 mingdan ortiq odam o‘rganilgan bo‘lib, ularning har uchtasidan bittasida asabiy yoki psixologik kasalliklar kuzatilgan. Bu esa COVID-19 pandemiyasi aholi orasida aqliy kasalliklar keng avj olishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu tadqiqotni olib borgan olimlarning aytishicha, koronavirusning qo‘rquv va depressiya kabi psixologik kasalliklar bilan qanday bog‘liqligi borligi hozircha aniq emas. Lekin virusdan tuzalib chiqqanlarda kuzatilgan 14 xil kasallikdan eng ko‘p uchragani aynan ushbu ikki hastalik bo‘lgan. Shuningdek, odamlarda COVID-19 dan keyin falajlik, aqliy jihatdan zaiflashish va boshqa asab bilan bog‘liq kasalliklar kam uchragan va ular asosan koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazganlarda yuzaga kelgan.

«Bizning natijalar shuni ko‘rsatadiki, gripp yoki boshqa nafas yo‘llari kasalliklariga qaraganda COVID-19 dan keyin miya kasalliklari va psixiatrik kasalliklar tez-tez uchraydi» deydi ushbu tadqiqotni olib borganlardan Britaniyaning Oksford universiteti psixiologi Maks Takvet.

COVID-19 dan tuzalib chiqqanlar orasida miya va ruhiy salomatlikning buzilishi xavfi yuqori ekanligi tibbiyot sohasi mutaxassislarini tobora ko‘proq tashvishga solmoqda. Yuqoridagi tadqiqotni olib borgan olimlar tomonidan o‘tgan yili o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham COVID-19 dan sog‘ayganlarning 20 foizida uch oyichida psixiatrik kasalliklar aniqlangandi.

Kiritildi: 13:10 11.04.2021. O'qildi: 2465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!