Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusdan tuzalgandan keyin paydo bo‘ladigan yana bir yangi asorat

Koronavirusdan tuzalgandan keyin paydo bo‘ladigan yana bir yangi asorat

Koronavirus har beshinchi bemorning jigar faoliyatiga ta’sir qiladi, bu haqda Xitoyning Gonkong universiteti mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotlar guvohlik bermoqda.

Mutaxassislar Gonkongda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan, 22 yoshdan 52 yoshgacha bo‘lgan 1400 nafar bemorning tibbiy ma’lumotlarini o‘rganib chiqdilar. Shifokorlar 23 foiz bemorning jigar faoliyatida jiddiy salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganini aniqladilar, ko‘pchilik bemorga intensiv terapiya talab etildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan bemorlarda reaktiv yoki ishemik gepatit rivojlanishi mumkin. Shu bilan birga qabul qilingan dori-vositalari ham jigarga salbiy ta’sir etishi mumkin, hususan, antibiotiklar, steroid va virusga qarshi vositalar. Gonkonglik mutaxassislar, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan keksa odamlarda jigar xastaligi xavfi oshishi mumkinligi haqida ta’kidladilar.

Bir necha kun muqaddam Gonkong Politexnik universiteti olimlari, ehtimol koronavirus evolyusiya jarayonida mutasiyaga uchrashni to‘xtatgan bo‘lishi mumkinligi va natijada inson organizmiga mukammal moslasha olganligi haqida fikr bildirgan edilar. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu holat uni yanada yuqimliroq bo‘lishiga imkon yaratib bergan.

Kiritildi: 19:28 06.08.2020. O'qildi: 4328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!