AQShlik mashhur doktor Mehmet O‘z koronavirusni juda tushunarli qilib ta’rifladi:
"Bu virusdan qutulish yo‘q, o‘rtoqlar. Unga har birimiz istisnosiz chalinamiz. Hatto ko‘pchilik chalinib ham ulgurgan-u, hali o‘zi bilmaydi. Tuzalib ham bo‘lgandir. Organizmi virus bilan yashashga allaqachon ko‘nikkan yoki virus u tanada hayot topolmay boshqa tanaga o‘tgan. Bu mavzuda eng yaxshi misol "Daymond Prinsess" kemasi. Undagi 3700 yo‘lovchidan 700 tasida virus aniqlangan. Ammo shulardan 350 nafari kasalligini sezmagan ham. Yoshi keksaligiga qaramay yotoqqa tushmay yashamoqda.
Nega bunday? Chunki o‘sha 350 kishining immuniteti juda kuchli. Ya’ni bu kasallikda eng muhim jihat — bu immunitet. Oramizda immun tizimi kuchli bo‘lganlar, sport bilan shug‘ullanganlar, to‘g‘ri ovqatlanganlar, chekmaydiganlar bu kasallikni umuman sezmaydilar. Balki yengil shamollash kabi o‘tkazib yashayveradilar.
Viruslar juda tez mutasiyaga kirishadi. Vaqt o‘tgani sayin virus mutasiya natijasida yuqqan odamini nobud qilmaydigan holga keladi. Demak, bu virusga qanchalik kech duch kelsak, uning zarari shuncha kam bo‘ladi.
Shuning uchun, imkon qadar uydan chiqmay, gigiyenaga rioya qilib, to‘g‘ri ovqatlanish, badantarbiya qilish va karantin qoidalariga qat’iy amal qilish kerak! Shuni bajarganlar, ishoning, hammadan uzoq yashaydilar!
〰️〰️〰️〰️
XULOSA:
▪️ Karantinga amal qiling. Virusni qancha kech uchratsangiz, shuncha omadlisiz.
▪️ Gigiyena. Tozalikka qat’iy rioya qiling.
▪️ Meva va sabzavotlar iste’mol qiling.
▪️ Immunitetni ko‘taruvchi sarimsoq, qatiq, yogurt kabi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling.
▪️ Immunitetni mustahkamlovchi vitamin va qo‘shimcha moddalar qabul qiling.
▪️ Serharakat bo‘ling va uyda sport bilan shug‘ullaning.
▪️ Chekmang!
▪️ Suv iste’molini ko‘paytiring.