Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus: Uxanda 10 million kishi virusga tekshiruvdan o‘tkazildi

Koronavirus: Uxanda 10 million kishi virusga tekshiruvdan o‘tkazildi

O‘tgan yilning dekabr oyida koronavirus ilk bor paydo bo‘lgan joy - Xitoyning Uxan shahrida aholini ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha tezkor harakatlar olib borildi. Koronavirusning “vatani”da 19 kun ichida 10 millionga yaqin kishi "COVID-19" ga test topshirdi.

Ushbu ommaviy tekshiruvlar natijasida faqatgina 300 kishidagina koronavirus borligi aniqlangan xolos va ularning barchasida kasallik alomatlarsiz o‘tayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu kasallar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 1174 kishining birortasi virusni yuqtirib olmagan. Bu esa koronavirusga chalinganu, lekin uning alomatlari sezilmayotgan bemorlar bu kasallikni boshqalarga yuqtirmaganliklarini anglatadi.Mazkur holat koronavirusga qarshi kurashda yaxshi xabar bo‘lishi mumkin.Chunki,bundan avval virus alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlar koronavirusni bilmagan holda tarqatib yurishlari borasida xavf mavjud edi.

“Bu holat nafaqat Uxan aholisini yengil nafas olishga sabab bo‘ladi,balki butun Xitoy xalqining ishonchini oshiradi” deydi Kasallikni oldini olish va uni nazorat qilish markazi direktori o‘rinbosari Feng Zijian.

Uxan Xitoydagi koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lib,mamlakatdagi o‘lim holatining 80 foizdan ortig‘i shu yerda qayd etilgan. Uxan rasmiylaridan biri shaharda 14 maydan 1 iyungacha 9.9 million kishi tekshiruvdan o‘tkazilganini aytgan.

“Uxan shahri xavfsiz” deydi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi eksperti Li Lanjuan.

Ma’lumot uchun,Uxanda koronavirus batamom yo‘q bo‘lgandi. Ammo, may oyida aholi yashaydigan hududda kasallikning yana bir nechta o‘choqlari aniqlandi va bu yerda koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi borasida xavotirlar yuzaga keldi.Shundan keyin odamlarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish boshlangan.

Kiritildi: 12:05 05.06.2020. O'qildi: 1819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!