Ukrainada oxirgi kunda 753 kishi koronavirusga chalindi. Bu borada mamlakatda yangi antirekord qayd etildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi xabar berdi.
Bir kun oldin 683 kishi virus yuqtirgandi. 13 iyun kuni olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 24 soat ichida 10 kishi halok bo‘lgan, 409 kishi tuzalgan.
Umuman olganda, Ukrainada 30 mingdan ortiq odamda COVID-19 qayd etilgan, deyarli 14 ming bemor davolangan, 880 kishi vafot etgan.