AQSh Prezidenti Donald Trampning reytingi 45 foizgacha tushib ketdi. Gallup tahlil markazi, Kvinnipek, Monmut universitetlari, Fox News va CNN telekanallarini o‘zaro birlashtirgan Poll of Polls ma’lumotlari shundan darak berib turibdi.
Trampni qo‘llab-quvvatlash reytingi uning butun prezidentlik muddati davomida nisbatan barqarorlikni saqlab turdi, hatto AQShda koronavirus epidemiyasi tarqalgan paytda biroz o‘sdi ham, deb yozishmoqda jurnalistlar. Ammo karantin boshlanganidan keyin oradan bir oy o‘tib Oq uy rahbarining mashhurlik darajasi pasayishi kuzatilyapti. Bu birinchi navbatda mamlakatda iqtisodiy vaziyat yomonlashuvi bilan bog‘liq.
Karantindan bir oy o‘tib va undan kelib chiqqan iqtisodiy oqibatlar tufayli Trampni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlari mart oxiriga kelib 1 punktga o‘zgardi. Ya’ni tarafdorlar va qarshilar nisbati tenglashib qoldi — barcha so‘rovlar natijalari bo‘yicha 50/50 degani bu. O‘tgan haftada Prezident o‘ziga bo‘lgan ishonchdan 3 foizini, joriy haftaga kelib esa 6 foizini yo‘qotdi.
Demak, Polls of Pollsʼga ko‘ra,
— 45 foiz amerikalik Prezident faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
— 51 foizi qo‘llab-quvvatlamaydi.