Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus Trampning oyog‘idan chalishi mumkin

Koronavirus Trampning oyog‘idan chalishi mumkin

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylov poygasida iqtisodiy siyosat jihatdan ustunlikka ega, ammo koronavirus uning mavqeiga putur yetkazishi mumkin. Bu haqda Rossiyadagi Amerika savdo palatasi rahbari Aleksis Rodzianko RIA Novosti bilan suhbatda aytib o‘tdi.

AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, bir nechta shtatlarda muddatidan oldin ovoz berish boshlangan. Nomzodlar:  Respublikachilar partiyasidan nomzod va amaldagi Oq uy rahbari Tramp va Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden.

"Iqtisodiy nuqtai nazardan Trampning ustunligi bor, chunki Baydenning dasturi to‘liq tushunilmagan. U soliqlarni oshirib, diqqatini yashil iqtisodiyotga qaratmoqchi bo‘lganligi aniq, ammo batafsilroq hech narsa aniq emas", deydi Rodzianko.

"Trampning asosiy kamchiligi — bu koronavirus. Ammo u mamlakatni iqtisodiy boshqarish nuqtai nazaridan u, albatta, muvaffaqiyatga erishgan. Ammo bu muvaffaqiyatlar endi koronavirus fonida susaymoqda", deb davom etdi agentlik manbasi.

Unga ko‘ra, Tramp uchun asosiy kamchilik bu, albatta, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat. "Agar koronavirus inqirozi bo‘lmaganida, Trampning g‘alaba qozonish ehtimoli ancha yuqori bo‘lardi. Koronavirus uning obro‘sini tushirdi", dedi u.

"Men shaxsan koronavirus uchun kimnidir ayblashim qiyin. Dunyoda bunday epidemiyalar mavjud, epidemiyalar ko‘p marta bo‘lgan, koronavirus ham shulardan bittasi. Garchi virusning salbiy oqibatlari Trampga bog‘liq bo‘lmasa ham, baribir, u xalq oldida javobgar", — dedi Rodzianko.

Kiritildi: 12:38 24.10.2020. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!