AQSh prezidenti Donald Tramp globallashuv davri tugashini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning tarqalishi globallashuv davri tugaganidan dalolat beradi.
Avvalroq, Tramp koronavirus tarqalishining sabablarini o‘rganishni rad etsa, Xitoyga qarshi sanksiyalarni qo‘llash mumkinligini ta’kidlagandi.