Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus: Tojikiston prezidenti maoshidan voz kechdi

Koronavirus: Tojikiston prezidenti maoshidan voz kechdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon uch oy davomida shifokorlar maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash uchun Prezident rezervidan 12,4 million somoniy (1,24 million dollar) ajratdi, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shuningdek, Rahmon o‘zining oylik maoshini (miqdori ko‘rsatilmagan) respublikada COVID-19 pandemiyasining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tuzilgan jamg‘arma hisobraqamiga o‘tkazgan. Bundan tashqari, Tojikiston IIV rahbariyati oylik ish haqining yarmini COVID-19 koronavirus jamg‘armasiga o‘tkazadi, deya xabar beradi RIA Novosti IIV matbuot markaziga tayanib.

"Ushbu qaror Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda tomonidan o‘tkazilgan videokonferensiya chog‘ida qabul qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar davlat rahbarining bir kun oldin o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Ichki ishlar vaziri o‘z qo‘l ostidagilarni vahima qo‘zg‘amasliklari uchun aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga va davlat hamda hukumat ushbu vaboga qarshi kurashishga tayyorligini tushuntirishga chaqirdi.

 

Kiritildi: 14:53 01.05.2020. O'qildi: 5669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!