Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirus sabog‘i: Germaniyada ilk marta baland ovozda azon aytildi

Koronavirus sabog‘i: Germaniyada ilk marta baland ovozda azon aytildi

Koronavirus pandemiyasi Germaniyadagi musulmonlar hayotiga ham o‘zgartirishlar kiritdi. Mamlakatda birinchi marta muazzin minoradan azon aytib, namozga chaqirdi. Hozirgacha Germaniyada minoralardan azon aytish taqiqlangan edi.

Ammo Duysburg musulmon jamoati masjidlardagi karantin munosabati bilan azon aytishga ruxsat oldi. Endi, EADaily portaliga ko‘ra, har kuni Varbrukshtrasse shahridagi Merkez masjididan azon tovushi yangraydi. “Biz favqulodda holatdamiz. Musulmonlar masjidga borolmaydi, jamoat bilan namoz o‘qiy olmaymiz. Biz musulmon jamoasini ko‘nglini ko‘tarib, qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Bunday qiyin paytlarda azon tovushini eshitganlarning ko‘pchiligiga ruhan dalda bo‘lishi aniq”, – deydi Turk islomiy diniy tashkilotlar birlashmasi raisi Gul Jeylan. 

Kiritildi: 13:59 28.03.2020. O'qildi: 4704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!