Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus sababli Xitoydagi yana bir shahar yopildi

Koronavirus sababli Xitoydagi yana bir shahar yopildi

Koronavirus tarqalishi xavfi sababli 27 yanvardan Guandun provinsiyasidagi Shantou shahriga kirish taqiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Shantou shahriga avtomobil va suv transporti hamda piyodalarning kirishi taqiqlanadi. Shahardagi rayon va uyezdlarni bog‘lab turuvchi yo‘llar yopiladi.

Ayni vaqtda parklar, do‘konlar, bozorlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlarga kirishda barchaning tana harorati o‘lchanmoqda. Ayrim joylarga himoya niqobisiz kirish taqiqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusdan vafot etganlar soni 56 kishiga yetgan, koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 1975 nafarni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 18:00 26.01.2020. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!