Amerikaning NASA aerokosmik agentligiga ko‘ra, eng yangi «Jeyms Uebb» teleskopining ishga tushirilishi koronavirus pandemiyasi va texnik muammolar tufayli 2021 yil 31 oktyabrga qoldirildi.
Agentlik o‘z bayonotida ushbu kechikish teleskopni yaratishda ishtirok etadigan xodimlar sonining qisqarishi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Bunga Covid-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan. Biroq, agentlik orbitali teleskopni yaratish qiymati byudjet tomonidan tasdiqlangan 8,8 milliard dollardan oshmasligini taxmin qilmoqda. Hozirda teleskop sinovdan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda amalga oshirilgan oxirgi kechikish 2021 yilning bahorida amalga oshiriladi. Bungacha 2020 yilda teleskopni orbitaga chiqarish rejalashtirilgan edi. Keyin NASA Kuzatuv kengashi kechikish sabablarini texnik xatolar va "nekbinlik" deb atadi.