Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchrashuvlarni telekonferensiya formatida tashkil qildi, lekin alohida shaxsiy uchrashuvlarni o‘tkazmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS” 2 aprel, payshanba kuni.
“Bu o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yish degani emas. Agar kerak bo‘lsa, u alohida yig‘ilishlar o‘tkazadi. Albatta, barcha ehtiyot choralariga rioya qilgan holda», – dedi Peskov jurnalistlarning savoliga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident bilan gaplashadigan barcha odamlar endi koronavirus uchun sinovdan o‘tishadi.