Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus! APL klublari qancha pul yo‘qotishadi?

Koronavirus! APL klublari qancha pul yo‘qotishadi?

Angliya Premyer-ligasi klublari koronavirus pandemiyasi tufayli anchagina pul yo‘qotishadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Rahbariyat mavsumni oxirigacha yakunlashga qaror qilgan taqdirda ham jamoalar translyasiya bo‘yicha buyurtmachilarga 300 milliondan 350 million funtgacha (342-400 million yevro) qaytarib berishlari kerak. Pul chempionat o‘yinlari belgilangan muddatlar buzilganligi uchun jarima sifatida to‘lanadi.
Agar Premyer-liga rahbariyati mavsumni davom ettirmaslikka qaror qilsa, jamoalarning umumiy yo‘qotishlari 762 million funtga (870 million yevro) oshadi.

Avvalroq, 11 may, dushanba kuni hukumat 1 iyundan boshlab APL va boshqa turnirlarni tiklashga ruxsat bergani ma’lum bo‘lgandi.

 

Kiritildi: 13:29 12.05.2020. O'qildi: 2523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!