Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20 mart kuni soat 22:00 atrofida yashirin ravishda shifoxonadan qochib ketgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. 16 mart kuni Moskva orqali Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan. Shu kunning o‘zida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ammo karantinning beshinchi kuni — 20 mart soat 22:00 dagi yo‘qlama vaqtida u shifoxonadan qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

«U yashash manzili — Denov tumanida ushlangan. U hozirda gumonlanayotgan koronovirus kasalligiga chalingan bo‘lishi mumkinligi, karantinga olingan joydan yana qochib ketishi va atrofdagilarni jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan ‘qamoqqa olish’ tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanildi», — deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu shaxs o‘z uyida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida karantinda saqlash uchun izolasiyaga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 02:25 22.03.2020. O'qildi: 3467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!