Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Koreyada halok bo‘lgan 23 yashar o‘zbekistonlik yigitcha kim edi?

Koreyada halok bo‘lgan 23 yashar o‘zbekistonlik yigitcha kim edi?

Avvalroq, Koreya Respublikasida baxtsiz hodisaga uchragan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonlik ishchi 200 kilogramlik temir to‘sinning zarbidan halok bo‘lgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijda vafot etgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 2 yanvar kuni Yongam shahrida O‘zbekiston fuqarosi Sharofiddin Choriyev (29.11.1995 yilda tug‘ilgan) DHMC zavodida ishlayotgan chog‘ida bosh miya jarohatidan vafot etgan.

Sharofiddin Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga borgan. Ayni paytda sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan marhum tanasini Vatanga jo‘natish uchun o‘lim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatildi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 14:18 08.01.2019. O'qildi: 4139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!