Prokurorlar Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi (KDR) Lubero shahrida bo‘lib o‘tgan tribunal yig‘ilishida front chizig‘ini tark etgan 22 askarni o‘lim jazosiga hukm qilishni talab qildi.
Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
“Ayblanuvchilar, jumladan, kapitan unvoniga ega bo‘lganlar o‘z pozisiyalarini tashlab, dushmandan qochib, buyruqni buzgan, qo‘rqoqlik ko‘rsatgan va harbiy texnikani yo‘qotgan”, - deydi prokuratura vakili, kapitan Kahambu Muhasu Melissa.
"Harbiy xizmatchilar o‘z pozisiyalarini tashlab, xalqni himoya qilish o‘rniga qochib ketishdi va eng katta jazo - o‘lim jazosiga loyiqdir", - deya qo‘shimcha qildi u.