Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kondisionerli avtobuslar keltirildi

Kondisionerli avtobuslar keltirildi

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Konstitusiyamizning 26 yilligi bayrami arafasida 30 ta  katta sig‘imli “MAN” va 15 ta “SAZ  LE  60” rusumli yo‘lovchi avtobuslarini olib keltirdi.

Ma’lumki, bundan avval 31 ta “SAZ  LE  60” rusumli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi. Barcha qulayliklarga ega transport aholi tomonidan iliq kutib olindi. Boisi avtobuslar zamonaviy isitish va sovutish tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay chiqish va tushish yo‘lagiga hamda maxsus joy — o‘rindiqqa ega. Bundan tashqari, “MAN” avtobuslarida yong‘inga qarshi uskuna ham joylashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, bundan avvalgi avtobuslarda sovutuvchi kondisionerlar bo‘lmagan. Yangi avtobuslarda esa yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Yaqin kunlarda yana 10 ta “MAN” va 34 ta “SAZ  LE  60” rusumli avtobuslar olib kelinadi. Ushbu transport vositalari Samarqand viloyatida ishlab chiqarilmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 08:16 07.12.2018. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!