Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Kolumbiyaning g‘arbiy qismida magnitudasi 7,4 ballga teng bo‘lgan kuchli zilzila qayd etildi. AQSh va Kolumbiya geologiya xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 07:34 da yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar shaharchasidan 5 kilometr sharqda, 107 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Er osti silkinishlari Kolumbiyaning katta qismida, jumladan, poytaxt Bogota, Medelin va Kali shaharlarida juda kuchli sezilgan. Shaharlarda xavflilik signali chalinib, aholi va ofislar xodimlari zudlik bilan ko‘chaga evakuasiya qilingan. Bogota meri Karlos Galanning ma’lum qilishicha, poytaxtda jiddiy vayrongarchiliklar kuzatilmagan, faqat ayrim binolarda yoriqlar paydo bo‘lgan. Biroq Choko departamenti gubernatori Nubiya Kordoba hudud markazi Kibdo shahrida jarohatlanganlar borligi va binolarga sezilarli zarar yetganini favqulodda ma’lum qildi.

Mazkur tabiiy ofat qo‘shni davlatlar — Ekvador, Venesuela va Panamada ham faol sezilgan bo‘lib, ushbu mamlakatlar chegara hududlarida aholining uylarini tark etishiga sabab bo‘lgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zilzila ancha chuqurlikda sodir bo‘lgani tufayli yanada kengroq hududga ta’sir qilgan. Hozirda qutqaruv xizmatlari va mahalliy hokimiyat organlari talofatlar ko‘lamini aniqlashtirmoqda.

Kiritildi: 18:50 10.08.2026. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!