Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kobulda terrorchi vazirlik binosiga hujum qildi

Kobulda terrorchi vazirlik binosiga hujum qildi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda qishloq hududlarini tiklash va rivojlantirish vazirligi darvozasi yonida terrorchi-xudkush o‘zini portlatdi. Bu haqda Tolo News telekanali ma’lum qildi. 

Kobul polisiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida 10ga yaqin odam jabr ko‘rgan, halok bo‘lganlar ham bor.  

Vazirlik matbuot kotibining ma’lum qilishicha, portlash 15 iyul kunning ikkinchi qismida vazirlik binosiga kiraverishda sodir etilgan. Terrorchi portlashni vazirlik xodimlari ish kuni yakunlangandan keyin binoni tark etayotganlarida sodir etgan.

Hozircha birorta guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Manba: kun.uz
 

Kiritildi: 21:39 15.07.2018. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!