Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kobulda Navro‘z bayramida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Kobulda Navro‘z bayramida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Navro‘z bayrami shodiyonalarida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, portlash oqibida halok bo‘lgan soni 6 kishiga yetgan va 23 kishi esa jarohat olgan.

Avvalroq Afg‘oniston mahalliy nashrlari ikki kishi qurbon bo‘lgani va 14 kishi jarohat olgani haqida xabar qilishgan edi.

Mahalliy nashrlar xabarlariga ko‘ra, portlash payshanba kuni Kobulning Kart-e-Saxi tumanida odamlar bahor bayrami, tabiat yangilanishi ayyomi, yangi yil Navro‘z bayramini nishonlayotgan joyda sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishiga ko‘ra, portlash raketadan o‘qqa tutish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:26 21.03.2019. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!