FIFA erkaklar futbolida yozgi transfer oynasida klublarning transfer xarajatlari rekord darajada bo‘lganini ma’lum qildi.
FIFA 1 iyundan 2 sentyabrgacha 12 575 ta transfer ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. Jamoalar yangi transferlar uchun jami 9,89 milliard dollar sarfladilar.
2026 yilgi Jahon chempionatiga chaqirilgan 260 dan ortiq futbolchi ish joyini o‘zgartirdi, klublar ularga 3,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladilar.
Ayollar futboli ham yangi transfer rekordlarini o‘rnatdi: xarajatlar 2025 yilga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 28,6 million dollarga yetdi va transferlar soni 1400 dan oshdi.