Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Klinton Baydenning “Trampning ovozini o‘chirish” harakatini baholadi

Klinton Baydenning “Trampning ovozini o‘chirish” harakatini baholadi

AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton 2016 yilgi bahslarda hozirgi davlat rahbari Donald Trampning "ovozini o‘chirish"ni orzu qilganini tan oldi.

Bu haqda u tvitterdagi mikroblogida ma’lum qildi.

Oldinroq bo‘lajak saylovlar uchun demokratlardan nomzod Jo Bayden bahs paytida bir necha bora Trampga "Ovozingni o‘chir", deya gapirgan edi.

Xillari Klinton ham shunday demoqchi bo‘lganligini taxmin qilgan amerikalik yozuvchi Jill Filipovich  ushbu so‘zlarni "oqshom iborasi" deb atadi.

AQSh prezidentligiga nomzodlarning birinchi bahsi 29 sentabr kuni Ogayo shtatining Klivlend shahrida bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 22:36 30.09.2020. O'qildi: 2146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!