Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tokio Moskva bilan tinchlik shartnomasini tuzishga qaratilgan siyosatini davom ettirayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi” tufayli Yaponiya-Rossiya munosabatlarida murakkab vaziyat yuzaga kelgan.
“Biroq Yaponiya hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga qaratilgan siyosatiga sodiq qolishda davom etadi”, — deya Kisida so‘zlarini keltirgan TASS.
2 dekabr kuni Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan tinchlik kelishuvi istiqbollarini muhokama qilish uchun hech qanday sharoit ko‘rmayotganini aytgandi.