Iroqning Kirkuk shahrida 9 dekabr kuni yoqqan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqin sabab 300 oila o‘z uy-joyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.
Hudud rahbari Leylan Naxiyesi Muhammad Veysning ma’lum qilishicha, eng katta zarar Leylan Naxiyesi tumani, shuningdek Yaxyava va Yarimdja aholi punktlarida kuzatilgan.
Toshqin ko‘plab maktablar va tibbiyot muassasalariga ziyon yetkazgan, yuzlab uylar esa yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.