Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga ketish grafigini tayyorlamoqda — Daily Mail.
Nashr yozishicha, Starmer yaqin ittifoqchilariga lavozimni tark etish niyati borligini aytgan va iste’fo jarayonini “tartibli” tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
Britaniya hukumatidagi manbaga ko‘ra, Starmer mamlakatdagi siyosiy vaziyatni “barqaror ushlab turib bo‘lmaydigan inqiroz” deb baholamoqda. Shuning uchun u bosh vazirlikdan “o‘z shartlari asosida” ketmoqchi.