Britaniya va Kipr havo kuchlari Kiprdagi Akrotiri aviabazasiga qarab yo‘l olgan ikkita Eron dronini ushladi.
Bu haqda Kipr hukumati vakili xabar berdi.
Kiprning Akrotiri shahridagi Britaniya havo kuchlari bazasida havo hujumi sirenasi yangradi.
Ogohlantirish berilgandan so‘ng, Buyuk Britaniya harbiy samolyotlarni havoga ko‘tardi.
Shu bilan birga, Kipr 2-3 mart kunlari Nikosiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa ishlari vazirlarining norasmiy uchrashuvini keyinga qoldirdi.