Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen Inning singlisi: Janubiy Koreya prezidenti o‘z mamlakatini o‘limga mahkum qildi

Kim Chen Inning singlisi: Janubiy Koreya prezidenti o‘z mamlakatini o‘limga mahkum qildi

«Fuqarolar tomonidan saylangan prezident deb atalmish shaxs Koreya Respublikasini o‘limga mahkum qilganini hamma tan olishi kerak», dedi Kim Yo Chjon. Uning so‘zlari KCNA tomonidan keltirilgan.

U Janubiy Koreyani harbiy mashqlarni kuchaytirgani va KXDR chegarasi yaqinidagi poligonlarda o‘q otishni davom ettirgani uchun tanqid qildi.

«Men qat’iy tasdiqlaymanki, dushmanning davlatimiz darvozalarida ochiqdan-ochiq o‘t bilan o‘ynashi vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan ochiq provokasiyadir, buni oqlab bo‘lmaydi», - deya ta’kidladi Kim Yo Chjon.

Kiritildi: 11:39 08.07.2024. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!