Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Kim Chen In Pxenyan va Pekin o‘rtasidagi turli darajalarda aloqalar va almashinuvlarni faollashtirish muhimligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash ularning umumiy manfaatlarini himoya qilishning kalitidir.